2-liga, “Mustaqillik kubogi”. “O’rikzor” chorak finalga yo’l oldi

12-13 avgust kunlari O’zbekiston birinchiligi Ikkinchi ligasi Toshkent shahar mintaqasida ishtirok etuvchi jamoalar o’rtasida “Mustaqillik Kubogi-2017” musobaqasining 1/8 final bellashuvlari bo’lib o’tdi.
Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi “O’rikzor” bu bosqichda “Olimpik” jamoasi bilan kurash olib bordi va 5:2 hisobida g’alaba qozondi. Ana shu uchrashuvda jamoa azosi Omon Rahimov qanotdan oshirib berilgan to’pni to’xtatmasdan raqib darvozasiga yo’lladi va shedevr gol muallifiga aylandi.

“Mustaqillik kubogi”
1/8 final, 12.08.2017
“O’rikzor” – “Olimpik” 5:2
Gollar: SH.Qodirov, D.Samiqov 2ta, O.Rahimov, R.Hasanov –

“O’rikzor”: Saidjamol Xo’jaev, SHohrux Saidov, Abdurahmon To’raev, SHerzod Qodirov, Muhammadjon Yusupov, Omon Rahimov, Ravshan Hasanov, Dilshod Samiqov, Jahongir Muhammaadjalilov, Islom Bekmirzaev, Abdurashid Valixonov.
Zaxira: Axror Saidmurodov, Aziz Xushboqov, Sardor Hamidullaev, Fatxulla Abdullaev, Aziz Tohirov, Jamshid Islomxo’jaev, Bekzod Mirsaidov.

“Olimpik”: Riyodxon Xo’jaev, Bobur SHorustamov, Sardor Xojimuhammedov, Navro’zbek Boysunov, Odiljon Ikromov, Nurilla Tursunboev, Ismoil Ikromov, Ayubxon Abdurahimov, Bahrom Komilov, SHohrux Komilov, Usmonjon Sattorov.
Zaxira: Ibrohim Ergashev, Fazliddin Nasriddinov, Diyor Qurbonov, Akobir SHokirjonov, Farruh Mag’rupov

Mnaba: Championat.asia

332 Ko`rilgan 3 Bugun ko`rilgan