Vitino rasman “Barselona” futbolchisi sifatida tanishtirildi

Braziliyalik yarim himoyachi Vitino kecha “Barselona” futbolchisi sifatida ommaga tanishtirildi.

Futbolchi Kataloniya klubiga “Palmeyras”jamoasidan ijara asosida kelib qo’shildi. Keyinchalik kataloniyaliklar ushbu futbolchining to’laqonli sotib olishlari uchun braziliyaliklarga 12 million evro, agar u asosiy tarkibda maydonga tushsa, yana 2 million bonus sifatida to’lab berishadi.

19 yoshli futbolchi Kataloniya poytaxtiga tashrif buyurdi va “Barselona B” tarkibida maydonga tushadi. Ammo ungacha futbolchi jamoa asosiy tarkibi bilan yangi mavsumga hozirlik ko’radi. Xabarlarga ko’ra, braziliyalik futbolchi nazorat uchrashuvlarida o’zining yaxshi tomonilarini ko’rsata olsa, asosiy tarkibga jalb etilishi mumkin.

Uning o’zi “Barselona”ga o’tishini quyidagicha izohladi:

“Men juda baxtliman. Men dunyoning eng kuchli klubi hisoblangan “Barselona”ga doim muxlis bo’lib kelganman. Rivaldo, Ronaldino, Lionel Messi singari futbolchilar to’p tepgan va teaayotgan jamoada ekanligimdan xursandman. Xozir esa ushbu jamoada mening kumirim Neymar o’ynamoqda”, deydi Vitino.

107 Ko`rilgan 2 Bugun ko`rilgan